"Chelsi" Bakka uchun 40 mln. evro taklif qiladi

Aslanov Jasurbek
11 yanv 2016, 15:49
"Chelsi" "Milan" hujumchisi Karlos Bakka uchun 40 mln. evro taklif qilishga tayyor.

Ko'klar 29 yoshli kolumbiyalikni qishki transfer oynasida qo'lga kiritmoqchi.

London klubi birinchi navbatda Chempionlar ligasida ishtirok etmagan hujumchi qidiryapti, bunga sabab, ular bu turnirdagi ishtirokini yangi kuchlar bilan davom ettirmoqchi. "Milan" joriy mavsumda CHLda ishtirok etmadi va Bakka pley-off bahslarida qatnashishi mumkin.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: La Gazzetta dello Sport