"Chelsi" Bakayoko bilan shartnomani uzaytirdi

Mirjalol Normatov
20 avg 2021
Jurnalist Janluka di Marcioning xabariga ko'ra, "Chelsi" Temue Bakayoko bilan shartnomani bir yilga uzaytirdi.

Endi tomonlarning kelishuvi 2023 yil yoziga qadar davom etadi. Eslatib o'tamiz, Bakayoko "Chelsi" tarkibida so'nggi bor 2018 yili o'ynagandi. Shundan keyin u ijara asosida boshqa jamoalar tarkibida ko'rinish berdi.

Bakayoko katta ehtimol bilan "Milan"ga ijaraga beriladi. U Tomas Tuxelning rejalariga kirmayapti.

O'tgan mavsumda u "Napoli" tarkibida o'ynagandi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: twitter.com/gianlucadimarzio