"Chelsi" 40 million evrolik transferni amalga oshirishga yaqin

Alisher
16 iyun 2024
"Palmeyras" vingeri Estevao Villian faoliyatini Londonning "Chelsi" klubida davom ettiradi.

Insayder Fabricio Romanoning xabariga ko'ra, 17 yoshli Estevaoning transferi "ko'klar"ga bonuslarsiz 40 million evroga tushadi. Narx bonuslar bilan 60 milliongacha yetishi mumkin.

Vinger "Chelsi" bilan 2032 yilning yoziga qadar shartnoma imzolaydi. Estevao London jamoasiga 2025 yilda qo'shiladi.

Estevao joriy mavsum barcha musobaqalarda 25ta o'yinda maydonga tushib, 7ta gol va 5ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano