Chelsi 12 o'yinlik noxush ananaga chek qo'ydi

Khoja
5 apr 2024, 08:05
Kechagi Chelsining g'alabasi London jamoasiga 12 uchrashuvlik noxush ananaga chek qo'yishga zamin yaratdi.

Gap shundaki, ko'klar so'nggi bor Manchester Yunaytedni APL doirasida 2017 yilda mag'lub etishgandi. O'shanda Chelsi raqibini 1:0 hisobida taslim etgan. Shundan so'ng APLda jamoalar 12 marta to'qnash kelishgan va hech birida londonliklar g'alaba qozona olmagan.

Eslatib o'tamiz, Aristokratlar kechagi g'alabasidan so'ng ochkolar sonini 43 taga etkazib oldi va turnir jadvalining 10-pog'onasiga ko'tarilib oldi. MYU esa 48 ochko bilan musobaqaning 6-o'rnida ketmoqda.

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: championat.com