Chelsi - 110 yoshda!

Aziz Tukhtamuradov
10 mar 2015, 18:50
Bugun Angliya va jahonning eng kuchli jamoalaridan biri hisoblangan Londonning "Chelsi" jamoasi tashkil etilganiga 110 yil bo'ldi. Shu munosabat bilan klub haqidagi kichik maqolani jamoa muxlislariga tuhfa etamiz.
"Chelsi" 1905 yilda tashkil qilingan. Jamoa nomi shunday ekanligiga qaramasdan klub qarorgohi Chelsida emas, ularga qo'shni bo'lgan Fulxemda joylashgan. Jamoaning uy stadioni "Stemford Bridj" ham Fulxem hududida qad rostlagan.

Klub tarixiga to'xtaladigan bo'lsak, stadion ho'jayini hisoblangan Gas Mirs maydonni "Fulxem" jamoasiga ijaraga berib pul ishlamoqchi bo'ladi. Ammo, ushbu taklifga klub vakillari rad javobini beradilar. Shunda tadbirkor yangi futbol jamoasi tuzishga qaror qiladi. Shu tariqa 1905 yilning martida "Chelsi" nomli yangi futbol jamoasi tuziladi.


Jamoaning ilk tarkibi. 1905 yil.


Jamoaning turli yillardagi emblemalari:

1905  - 1952 yillar     1952  - 1953 yillar    1953  - 1986 yillar



1986 - 2005 yillar   2005 - 2006 yillar    2006 - hozirgi paytgacha



Klub ilk chempionligini 1954/55 yilgi mavsumda qo'lga kiritgan



Jamoaning uy stadioni: "Stemford Bridj".
Sig'imi: 41 841 tomoshabin



2003 yilning yozida klubni rossiyalik biznesmen Roman Abramovich 140 million funt evaziga sotib oladi. Shundan so'ng klub tarixida yangi sahifa ochiladi.



2011/12 yilgi mavsumda jamoa tarixidagi eng katta yutuq qo'lga kiritilgan: Yevropa Chempionlar Ligasi

Jamoa sovrinlari:

Birinchi divizion / Premer-liga
    • Chempion (4): 1954/55, 2004/05, 2005/06, 2009/10
    • Vice-chempion (4): 2003/04, 2006/07, 2007/08, 2010/11
  • Ikkinchi divizion
    • Chempion (2): 1983/84, 1988/89
    • Vice-chempion (5): 1906/07, 1911/12, 1929/30, 1962/63, 1976/77
  • Futbol assotsiatsiyacisi kubogi
    • Sovrindor (7): 1970, 1997, 2000, 2007, 2009, 2010, 2012
    • Finalchi (4): 1915, 1967, 1994, 2002
  • Futbol ligasi kubogi
    • Sovrindor (5): 1965, 1998, 2005, 2007, 2015
    • Finalchi (2): 1972, 2008
  • Angliya Superkubogi
    • Sovrindor (4): 1955, 2000, 2005, 2009
    • Finalchi (6): 1970, 1997, 2006, 2007, 2010, 2012

Xalqaro

  • Yevropa Chempionlar Ligasi
    • Sovrindor (1): 2012
    • Finalchi (1): 2008
  • Yevropa Ligasi
    • Sovrindor (1): 2013
  • UEFA Kubok egalari kubogi
    •  Sovrindor (2): 1971, 1998
  • UEFA Superkubogi
    • Sovrindor (1): 1998
    • Finalchi (2): 2012, 2013
  • Klublar o'rtasidagi JCH
    • Finalchi (1): 2012

Bugungi yubiley sana bilan "Chelsi" jamoasining muxlislarini tabriklab qolamiz va jamoaning kelgusi faoliyatida omadlar tilaymiz!

Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: championat.asia