"Chacha Navruz Cup"-2018. 2009 va 2010 yilda tug'ilganlar musobaqani yakunlashdi

Xayrulla Xoliqov
26 mar 2018, 21:53
"Bunyodkor" stadioni hududidagi maydonlarda bo'lib o'tayotgan "Chacha Navruz Cup"-2018 futbol musobaqasi bolalar uchun haqiqiy bayram havosini ulashmoqda desak mubolag'a bo'lmaydi.

68ta jamoa ishtirok etayotgan mazkur musobaqada bugun uchinchi kun uchrashuvlari bo'lib o'tdi. Shuni aytish lozim, bolalar o'rtasidagi shunday katta festival Toshkent shahar futbol federatsiyasi tomonidan ilk marta tashkil qilindi.

Bugungi o'yinlardan so'ng 2009 va 2010 yilda tug'ilgan futbolchilar o'z ishtiroklarini yakunlashdi. Ertaga musobaqaning yopilish marosimi bo'lib o'tadi. Ungacha esa bizni 2006 yilgi jamoalar o'rtasidagi yarim final va final bahslari, shuningdek 2007 va 2008 yilda tug'ilgan futbolchilar ishtirokida ajoyib bellashuvlar kutmoqda.

Aytib o'tganimizdek, 2009 va 2010 yillarda tug'ilgan futbolchilar bugun o'z ishtiroklarini yakunlashdi. Musobaqa yakunida barcha jamoalarga kubok va medallar topshirildi. Bolakaylar uylariga olam-olam quvonch bilan qaytib ketishdi.

2006 y. 3-tur. 26 mart
"A" guruhi
"Loko-Boysun" - "Bunyodkor" 3:7  
GFSSHI - "Eden Sport" 9:0

"V" guruhi
"Navbahor" - "Lokomotiv" 0:0
BO'SM-2 - "Paxtakor" (Surxondaryo) 0:5

"S" guruhi
"Paxtakor" - Navoiy 1:2
"Dinamo" – BO'SM-1 6:1

1/2 final. 27 mart
9:00. "Bunyodkor" - "Navbahor"
9:00. "Paxtakor" (Toshkent) - "Paxtakor" (Surxondaryo)

14:00. 3-o'rin uchun
15:00. FINAL

Izoh: "S" guruhida 3ta jamoada 6 ochko bo'lgani sababli BO'SM-1 jamoasiga urilgan gollar bekor qilindi.

2007 y. 3-o'yin kuni. 26 mart
Bunyodkor – Odil Junior-N 6:1
Qo'qon-1912 - Kosonsoy 0:1
Bekobod – Paxtakor 1:1
Odil Junior-T - Navbahor 2:2
Buxoro – “Oldja Sports” 5:1
Samarqand - Uchko'prik 3:3
Barkamol avlod - Farovon 0:3
BO'SM  - IBO'SM 1:0

2008 y. 3-o'yin kuni. 26 mart
IBO'SM – "Sergeli" 8:1
Spartak-1 – Uchko'prik 5:1
SSHI – G'allaorol 3:1
Spartak-2 - BO'SM (Chust) 2:1
Bunyodkor – Buxoro 5:0
Odil Junior  – Do'stlik (Marg'ilon) 7:0
Paxtakor – Andijon FK 5:2
Navbahor – Qo'qon-1912 3:6

2009 y. 3-o'yin kuni. 26 mart
Nasaf-2 – BFK Asia 3:2
Bekobod – Bunyodkor 1:8
Odil Junior – FK Sherdor 7:2
Qo'qon-1912 – Nasaf-1 0:3
Leon – Lokomotiv (Boysun) 3:1
Spartak-1 – Buxoro 1:0
Spartak-2 – Do'stlik (Marg'ilon) 2:2

2010 y. 3-o'yin kuni. 26 mart
Bekobod – Qo'qon-1912 0:1
Odil Junior - Buxoro 5:3
Bunyodkor – BFK Istiqlol 1:1
IBO'SM (Toshkent) - Navbahor 2:5
Leon - G'allaorol 0:1


O'xshash yangiliklar


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: Тошкент шаҳар ФФ