“Cementchi” navbatdagi uchrashuvga tayorgarlikni boshladi

20 okt 2017, 14:31
Barchaning xabari bor, jamoamiz o'tgan ikki turda ancha jiddiy raqiblarga nisbatan eng murakkab uchrashuvlarini o'tkazdi va o'zi uchun muhim ochkolarni qo'lga kiritib oliy liga masalasini deyarli xal qildi.

Qolgan 4ta uchrashuvda jamoamiz raqiblardan yana 2 ochko olsa, "Cementchi" oliy liga yo'llanmasini muddatidan oldin qo'lga kiritadi. Bu vazifani esa futbolchilarimiz navbatdagi turning o'zidayoq xal qilish maqsadida. Bu galgi raqibimiz Qarshining “Nasaf-2” jamoasidir.   

Andijonga qarshi uchrashuvdan so'ng, jamoamiz a'zolariga ikki kunlik dam olish imkoniyati berildi. Kuni kecha yana o'z qarorgohida yig'ildi va navbatdagi bahsga tayorgarlikni boshlashdi.

Jamoamiz mashg'ulot o'tash uchun yig'ilib turgan vaqtda, stadionga O'zbekiston milliy teleradiokampaniyasi vakillari kirib kelishdi. Mehmonlar mashg'ulot davomida jamoamiz a'zolarini tasvirga olishib, ular haqida maxsus ko'rsatuv tayorlash maqsadida tashrif buyurishganligini bildirishdi. 

"Cementchi" navbatdagi uchrashuvni 21 oktyabr shanba kuni markaziy “Cementchi” o'yingohida Qarshining “Nasaf-2” jamoasiga qarshi o'tkazadi. Uchrashuv  soat 15:00 da boshlanadi.





"Cementchi" matbuot xizmati

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia