CAFA Nations Cup 2023. Eron Qirg'iz Respublikasini mag'lub etib, guruhda birinchi bo'ldi. Keyingi raqib - O'zbekiston

Оқил Абдубарноев
16 iyun 2023, 21:54
CAFA Nations Cup 2023 "B" guruhi bosqichi doirasidagi uchrashuv yakunlandi.

Eron terma jamoasi CAFA Nations Cup 2023 turniri doirasidagi guruh bosqichining so'nggi o'yinida Qirg'iz Respublikasini yirik - 5:1 hisobida mag'lub etdi va 6 ochko bilan "B" guruhida birinchi o'rinni qo'lga kiritib, final yo'llanmasiga ega chiqdi. Hal qiluvchi bahsda forslar "A" guruhi g'olibligini muddatidan avval qshlga kiritgan O'zbekiston bilan kuch sinashadi. Uchrashuv 20 iyun kuni 20:30 da start oladi. Qirg'iz Respublikasi esa 3-o'rin uchun "A" guruhida 2-o'rinni egallagan jamoa bilan bellashadi.


Qirg'iz Respublikasi - Eron 1:5

Gollar: Mehdi Taremi, 34 (0:1), Mehdi Taremi, 39 (0:2), Mirlan Murzaev, 52 (1:2), Mehdi Taremi, 56 (1:3), Syerdar Azmun, 66 (1:4), Syerdar Azmun, 79 (1:5)

Qirg'iz Respublikasi: Kochenkov, Kichin, Brauzman, Murzaev, Abdurahmonov, Mamiraliev, Aliqulov, Qayrat Jirgalbek o'g'li, Atabaev, Jumashev, Shukurov

Eron: Beyranvand, Rizayan, Puraliganji, Hussayni, Nurafkan, Jahonbaxsh (Azmun, 62) Chashmi, M.Karimi, Torabi, Asadi, Mehdi Taremi.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: championat.asia