CAFA CUP. Bugun final

Narzulla Saydullayev
9 avg 2016, 08:26
Toshkentda 19 yoshgacha bo'lgan futbolchilardan tashkil topgan futbolchilar o'rtasida “CAFA CUP” (Central Asia Football Assosiation - Markaziy Osiyo Futbol Assotsiatsiyasi kubogi) nomli turnir bugun o'z yakuniga etadi.
Ushbu musobqada mintaqaga a'zo besh mamlakat – O'zbekiston, Afg'oniston, Qirg'iziston, Tojikiston hamda Turkmanistonning yoshlar terma jamoalari ishtirok etishi ko'zda tutilgan. O'zbekiston ikkita jamoa bilan musobaqada ishtirok etmoqda.

Takidlash kerakki, qarorgohi Toshkentda joylashgan Markaziy Osiyo Futbol Assotsiatsiyasi 2015 yilda tashkil etilgan va ushbu turnir ushbu tashkilot tomonidan tashkil etilayotgan ilk musobaqadir.

Bugun 9 avgust kuni finalda O'zbekiston-1 jamoasi Qirg'iziston bilan o'ynaydi. Uchinchi o'rin uchun bahsda O'zbekiston-2 hamda Turkmaniston bellashadi. Nihoyat musobaqaning 5-o'rini uchun o'yinida Tojikiston va Afg'oniston o'zaro hisob-kitob qilishadi. Barcha muxlislarni "Jar" stadioniga taklif qilamiz. Kirish bepul.


9 avgust
5-o'rin uchun bahs

10:30 - Afg'oniston - Tojikiston ("Jar" kichik maydon)

3-o'rin uchun bahs
9 avgust

10:30 - O'zbekiston-2 - Turkmaniston ("Jar")

Final
9 avgust

17:30 - O'zbekiston-1 - Qirg'iziston ("Jar")


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia