"CA" talqiniga ko'ra yilning eng yaxshilari taqdirlandi

Narzulla Saydullayev
29 noya 2014, 18:32
Qiziqarli kurashlarga boy bo'lgan oliy liga o'yinlari ham o'z poyoniga etdi. Mana endi jo'jalarimizni ham sanaymiz.
Championat.asia sayti O'zbekiston ommaviy axborot vositalari ichida birinchilardan bo'lib, “yilning eng yaxshilari”ni aniqlashga qaror qildi.
Bilasiz, Yevropada, “Marka”, “Franc Futbol” va “Sport Ekspress” kabi yetakchi gazetalar yil davomida o'z o'yinlari bilan ajralib turgan futbolchilarni turli yo'nalishda taqdirlab boradilar.

Oliy liganing eng yaxshilari bilan tanishib olishingiz mumkin.Sayt xodimlari va o'quvchilari tomonidan to'plangan ovoz yakunlariga ko'ra, 9ta yo'nalishda eng yaxshilar aniqlandi.


Quyida barcha g'oliblar bilan tanishib oling:



Yilning eng yaxshi yosh o'yinchisi Doston Hamdamovga diplomni Grigoriy Seytlin topshirdi.




Bahrom Hakimov yilning eng yaxshi darvozaboni sovrinini Aleksandr Lobanovga topshirdi.




Asror Aliqulov yilning eng yaxshi himoyachisi Shuhrat Muhammadievni taqdirladi




"Buxoro"ning yangi ustozi Aleksandr Mochinov yilning eng yaxshi yarim himoyachisi Sardor Rashidovga diplom topshirdi


Yilning eng yaxshi hujumchisi deb "Mashal" vakili Zohir Qo'ziboev tan olindi. Biroq futbolchi tadbirga tashrif buyura olmadi.




Yilning eng yaxshi legioneri Artur Gevorkyanning sovrini "Nasaf" klubi matbuot kotibi Aziz Nuriy qabul qilib oldi




Mavsumning kashfiyoti Aleksandr Merzlyakovni "CA" rahbari Nodirxo'ja Yuldashev taqdirladi



 
Yilning eng yaxshi murabbiyi Samvel Babayanning diplomi "Paxtakor" klubi sport direktori Grigoriy Seytlin qabul qilib oldi. Unga sovrinni Madaniyat va sport ishlari vazirining birinchi o'rinbosari Murod Aliev topshirdi.




Yilning eng yaxshi futbolchisi Jamshid Iskanderovga sovrinni MOQ bosh kotibi Oybek Kasimov topshirdi

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia