“Buxoro” o'z safiga yana bir futbolchini qo'shib oldi

Aslanov Jasurbek
25 yanv 2021, 10:57
Farg'ona shahrida o'tayotgan “Hokim Kubogi-2021” turnirida ishtirok etayotgan “Buxoro” tarkibiga yangi futbolchi kelib qo'shildi.

O'tgan mavsum “Andijon” sharafini himoya qilgan Qahramon Bahodirov yaqinda buxoroliklar lagerida paydo bo'ldi. Qanot yarim himoyachisi bo'lgan ushbu futbolchi ilgari Davron Fayziev qo'li ostida “So'g'diyona” jamoasida o'ynaganini muxlislar yaxshi bilishsa kerak. Shu bois uning “Buxoro” tarkibiga borib qo'shilishi bejiz emas. Ayni damda Bahodirov yangi jamoasi safida “Farg'ona hokim Kubogi-2021” turnirida ishtirok etmoqda. 

Bahodirov 2020 yilgi O'zbekiston Superligasida jami 19ta o'yin (473 daqiqa) o'tkazib, o'z hisobiga 1ta gol va 2ta sariq kartochka yozdirib qo'ygan

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia