

Ushbu uchrashuvning boshlanish vaqti ma'lum bo'ldi. “Buxoro” sport majmuasida bo'lib o'tadigan “Buxoro”-“Olmaliq” uchrashuvi 5 mart soat 16:45 da boshlanadi.
Oliy liga-2016. 1-tur. “Buxoro” sport majmuasi
5 mart (shanba). Soat 16:45 da
“Buxoro” (Buxoro) - “Olmaliq” (Olmaliq)
Bir kun oldin ananaviy tarzda ushbu jamoalarning yoshlari o'zaro kuch sinashishadi. Bu bahs ham “Buxoro” sport majmuasida bo'lib o'tadi. Uchrashuv soat 14:30da boshlanadi.
Yoshlar ligasi-2016. 1-tur. “Buxoro” sport majmuasi
4 mart (juma). Soat 14:30 da
“Buxoro” (yoshlar) – “Olmaliq” (yoshlar)
5 mart kuni uchrashuvdan oldin chempionatimizning tantanali ochilish marosimi bo'lib o'tadi. Barcha futbol muxlislarini “Buxoro” sport majmuasiga taklif etamiz.



