

Mamlakatning taniqli nashrlaridan biri "Korea Football News" "Pusan I'Park" klubi o'zbek tarjimonini yollashini e'lon qildi.
Eslatib o'tamiz, oldinroq "Bunyodkor" vakili Xurshid G'iyosov va "Lokomotiv" a'zosi Jamshid Iskanderov Koreya klublaridan biriga o'tishi mumkinligi haqida xabarlar chiqqandi.
Takidlash kerakki, "Pusan I'Park o'tgan mavsum Koreya K-2 ligasida muvaffaqiyatli ishtirok etib yuqori divizionga yo'llanma olgan.
Ma'lumot uchun, 2020 yilgi mavsumda K-ligada o'zbekistonlik Ikrom Aliboev ("Seul") va Rustam Ashurmatov ("Gvangju") o'ynashadi.



