Burkina-Fasolik futbolchi maydonda vafot etdi

Narzulla Saydullayev
12 sen 2016, 22:35
34 yoshli himoyachi Ben Idrissa Derme Fransiya kubogi doirasidagi o'yinda vafot etdi.

Fransiya 6-divizionida ishtirok etuvchi Bigugliya klubi a'zosi ikkinchi bo'lim boshida maydonga yiqilib tushdi. Derme yurak xuruji tufayli vafot etdi.

Derme butun faoliyatini quyi ligalarda o'tkzadi va Burkina-Faso terma jamoasi safida 4 marta maydonga tushgan edi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: as.com