“Bunyodkor”da marketing masalalari muhokama qilindi

Narzulla Saydullayev
11 okt 2017, 17:01
11 oktyabr, chorshanba kuni Osiyo Futbol Konfederatsiyasining strategik rejalashtirish, marketing va infratuzilma masalalari bo'yicha yo'riqchisi Ilnur Mamedov “Bunyodkor” stadioniga tashrif buyurdi.

O'zbekiston futbol federatsiyasi marketing bo'limi boshlig'i Baxtiyor Mametov hamroxligida tashrif buyurgan OFK vakili “Bunyodkor” stadionida bilan yaqindan tanishdi. Shuningdek, stadionda muxlislarga yaratilgan sharoitlarni ko'zdan kechirdi.

Shundan so'ng, klub va stadion marketing xizmati xodimlari, matbuot xizmati, buxgalteriya, tashkiliy ishlar bo'limi va boshqa xodimlar bilan davra suhbati o'tkazildi. Unda, Ilnur Mamedov “Bunyodkor” klubi va stadioni xodimlari olib borayotgan ishlar haqida so'radi, kamchiliklar va muammolar muhokama qilindi. OFK vakili marketing ishlarini rivojlantirish borasida o'zining qimmatli maslahatlarini berdi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcbunyodkor.com