“Bunyodkor” yoshlari O'zPFL kubogini yirik g'alaba bilan boshlashdi

Narzulla Saydullayev
11 fev 2014, 16:31
O'zPFL kubogining “S” guruhida ishtirok etayotgan “Bunyodkor” yoshlar jamoasi ilk turda “Chust-Paxtakor” klubi bilan kuch sinashdi.
Uchrashuvda yosh “qaldirg'ochlar” raqiblaridan har tomonlama ustun ekanliklarini amalda isbotlashib, namanganliklar darvozasiga javobsiz oltita to'p kiritishdi.

Hujumchi Temur Ayupov “xet-trik”, yarim himoyachi Sardor Azimov “dubl” qayd etgan bo'lsa, yana bir gol Vladislav Nuriev hisobiga yozildi.

“BUNYODKOR” – “CHUST-PAXTAKOR” 6:0 (5:0)
Gollar: Temur Ayupov 13 (1:0), Temur Ayupov 18 (2:0), Sardorbek Azimov 31 (3:0), Sardorbek Azimov 40 (4:0), Temur Ayupov 44 (5:0), Vladislav Nuriev 78 (6:0)
“Bunyodkor”: 25.Zafar Safoev (S), 2.Azizbek Mamazoitov, 6.Ergash Ismoilov, 16.Shahzod Abduraximov, 18.Furqat Hasanboev, 8.Xurshid G'iyosov, 9.Jahongir Xodjaev, 17.Dostonbek Hamdamov, 7.Sardorbek Azimov, 15.Muhammadodil Qahramonov, 10.Temur Ayupov
Zaxiradan maydonga tushganlar: 1.Abdukarim Muhammedov, 5.Shaxriyor Imomxo'jaev, 3.Faxriddin Sirojiddinov, 13.Bosit Raximov, 4.Linar Gabdurfikov, 14.Aziz Omonov, 11.Vladislav Nuriev
“Chust-Paxtakor”:12.Ilxomjon Jo'raev, 18.Abror Isoqov, 5.Sanjar Toshpo'latov, 9.Xojiakbar Yunusov, 6.Azizjon Umarov, 8.Azamat Zokirjonov, 17.Azizbek Turg'unboev, 19.Doniyor Inotov, 25.Farrux Toshpo'latov, 9.Ibroxim Abdullaev, 10.Xusanxon G'aniev
Zaxiradan maydonga tushganlar: 1.Bobur Nurboev, 23.Ibroxim Ismoilov, 7.Shoxrux Razzoqov, 20.Doston Xotamov, 14.Shohjahon Toxirjonov, 26.Iskandar Sidiqjonov
11 fevral. Toshkent. “Bunyodkor” futbol maktabi maydoni


P.S. Shu guruhdan o'rin olgan ikkinchi o'yinda "Olmaliq" "Obod"ga mag'lub bo'ldi - 1:2. 

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcbunyodkor.com