"Bunyodkor" yangi bosh murabbiy nomini e'lon qildi

Narzulla Saydullayev
28 mar 2024, 17:01
Xabaringiz bor, xorvatiyalik mutaxassis Ivan Bubalo bilan hamkorlik to'xtatilgach Anvar G'ofurov vaqtincha bosh murabbiy lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Deyarli ikki hafta davom etgan izlanish va muzokaralardan so'ng tajribali mutaxassis Sergey Arslonov bilan kelishuvga erishildi. Sergey Ilyasovich ertaga “Bunyodkor” bosh murabbiyi sifatida ilk uchrashuvini o'tkazadi. Umid qilamizki, tajribali murabbiy bilan “qaldirg'ochlarimiz”ning parvozi yanada balandroq bo'ladi!", - deb yozadi "Bunyodkor" matbuot xizmati.

Ma'lumot uchun
SERGEY ILYASOVICH ARSLONOV
Tug'ilgan sanasi:
27.05.1967 yil
Futbolchilikdagi ampluasi: himoyachi
To'p tepgan jamoalari: “SKA Xabarovsk”, “Kuban” (ikkalasi Rossiya), “Vaxsh”, “Pomir” (ikkalasi Tojikiston), “Navbahor”, “Qizilqum”, “Surxon”.
Murabbiylik faoliyati: O'zbekiston U-19 yoshlar terma jamoasida murabbiy, “Qizilqum” va “Dinamo” futbol klublarida murabbiy va bosh murabbiy vazifasini bajaruvchi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcbunyodkor.com