“Bunyodkor” tanishtiruv marosimiga taklif etadi

Narzulla Saydullayev
2 fev 2016, 10:51
“Bunyodkor” futbol klubi o'z tarkibiga qo'shib olgan yangi futbolchilarni keng ommaga rasman tanishtiradi.

Tadbir ertaga, 3 fevral kuni “Bunyodkor” stadioni anjumanlar zalida soat 11:30da boshlanadi. Unda “qaldirg'ochlar”ning yangi futbolchilari - Bahodir Nasimov, Shahzodbek Nurmatov, Aleksandr Alempievich, Javlon Mirabdullaev, Sanjar Qodirqulov va Dilshodbek Ahmadaliev OAV vakillariga rasman tanishtiriladi. Shuningdek, klub rahbariyati tomonidan “Bunyodkor”ning yangi futbolchilariga ular uchun atalgan futbolkalar ham tantanali ravishda topshiriladi.

Qolaversa, tadbirda “Bunyodkor” FKning 2016 yilgi mavsumdagi yangi liboslari taqdimoti ham o'tkaziladi.

Ommaviy axborot vositalarining turli yo'nalishlarida ijod qilayotgan jurnalistlarni ushbu marosimga taklif etamiz.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcbunyodkor.com