"Bunyodkor" stadioni dezinfekciya qilindi

Narzulla Saydullayev
13 iyun 2020
Sanoqli soatlardan keyin Coca Cola Superliganing 4-tur o'yinlari start oladi.

Turning ilk o'yini Bunyodkor stadionida start oladi. Ayni soatlarda Bunyodkor - Qo'qon-1912 jamoalari qarama-qarshiligi uchun stadion tayyor holatga keltirilmoqda. Yani, belgilangan talab va meyorlar asosida stadionning echinish va hakamlar xonalari, matbuot anjumani zali to'liq dezinfekciya qilindi. Shuningdek, darvoza to'rlari, to'plar, fishkalar, o'rindiqlar ham mutaxassislar tomonidan zararsizlantirildi.




Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcbunyodkor.com