

1986 yilda tug'ilgan xorvatiyalik Yurica Bulyat o'tgan mavsumni Ukrainaning "Metallist" klubida o'tkazgan. Markaziy himoyachi Xorvatiya terma jamoasi safida 2ta o'yinda maydonga tushgan. U faoliyati davomida "Zadar" va "Xayduk" (Xorvatiya), "Makkabi Xayfa" (Isroil), "Energi" (Germaniya), "Metallist" (Ukraina) kabi klublar sharafini himoya qilgan.




