
O'yinni tomosha qilish uchun PFL sayti bergan ma'lumotga ko'ra "Bunyodkor" stadioniga 424 nafar tomoshabin tashrif buyurgan. Bu natija 2015 yildagi eng yomon ko'rsatkich bo'ldi. Bunga qadar antirekord 18-turdan o'rin olgan "Mashal" - "Metallurg" uchrashuvida qayd etilgandi - 503 tomoshabin.
Eng ko'p tomoshabin esa 10-turdan o'rin olgan "Neftchi" - "Nasaf" o'yiniga kelgandi - 17143.