"Bunyodkor" mashg'ulotlariga afrikalik futbolchi qo'shildi

Aslanov Jasurbek
15 iyul 2019, 14:21
Ayni damda Toshkentning "Bunyodkor" jamoasi Minskda o'quv-yig'in mashg'ulotlarini davom ettirmoqda.

"Qaldirg'ochlar" futbolchisi Suhrob Izzatov yig'in davomida "Smolevichi"ga qarshi o'tkazilgan o'rtoqlik bahsida jarohat oldi va safdan chiqdi. Islom Qobilov tiklanish mashqlarini davom ettirmoqda.

"Bunyodkor" matbuot xizmatining xabar qilishicha, jamoa mashg'ulotlarida ivuarlik vinger Muhammad Diallo ishtirok etmoqda. Diallo Minskdagi yig'in davomida ko'rikda bo'ladi. Uning harakatlari murabbiylar shtabiga maqul kelsa, futbolchi bilan shartnoma imzolanadi.


MA'LUMOT UCHUN

To'liq ismi: Lamine Muhammad Diallo

Tug'ilgan sanasi: 27.11.1994

Bo'yi: 188 sm

Fuqaroligi: Kot-d'Ivuar

Ampluasi: Hujumchi-vinger

Oxirgi jamoasi: Muayzer (Qatar)

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.asia