“Bunyodkor” – “Lokomotiv” uchrashuvi chiptalari

Narzulla Saydullayev
30 iyul 2013, 11:47
31 iyul, chorshanba kuni “Jar” stadionida O'zbekiston kubogi yarim final birinchi uchrashuvlari doirasidagi “Bunyodkor” – “Lokomotiv” bahsi bo'lib o'tadi.
Yaqindagina oliy liga doirasida bellashishgan bu ikki jamoalarning kubok doirasidagi uchrashuvi ham juda ko'pchilikning diqqat markazida bo'lishiga shubha yo'q. Uchrashuv soat 19:00da boshlanadi.

Ushbu uchrashuvga kirish huquqini beruvchi chiptalar tayyorlandi. Chiptalar sotuvi o'yin kuni soat 10:00dan boshlab “Jar” stadioni kassalarida yo'lga qo'yiladi. “Bunyodkor” – “Lokomotiv” uchrashuvi chiptalari o'z toifasiga qarab narhlangan: 1-TOIFA – 5.000 so'm, SIP – 8.000 so'm, VIP – 10.000 so'm.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcbunyodkor.com