Bunyodkor Kosonsoydan yirik g'alaba bilan qaytmoqda

Narzulla Saydullayev
9 may 2013, 21:09
Oliy liganing 8-turini boshlab beruvchi “Navbahor” – “Bunyodkor” uchrashuvi bo'lib o'tdi.
31-daqiqada o'ng qanotdan Anvar G'ofurovning erlatib uzatgan pasini Oleksandr Pishur darvozaga to'g'rilab, hisobni ochdi - 0:1.  

70-daqiqada "Bunyodkor"ning qarshi hujumi. Pishur darvozabon bilan birga-bir vaziyatga chiqib borayotganda uni Timur Sultonov o'z jarima maydoni ichida yiqitdi. Hakam penalti belgiladi. Belgilangan penaltini Pishurning o'zi aniq amalga oshirdi - 0:2.

89-daqiqada Jasur Hasanov burchak to'pini amalga oshirdi, Pishur boshi bilan darvozaga yo'lladi, to'pni Romanenko qaytardi. Ammo qaytgan to'pni Lutfulla To'raev darvozaga yo'lladi - 0:3. O'yin mana shu hisob bilan o'z yakuniga etdi.


NAVBAHOR (Namangan) – BUNYODKOR (Toshkent) - 0:3 (0:1)

Hakamlar: R.Bobomurodov, R.Samandarov, O.Jumaev, A.Rahimov.

Gollar: Oleksandr Pishur 32, - 0:1. Oleksandr Pishur 72 penaltidan, - 0:2. Lutfulla To'raev 89, - 0:3. 

"Navbahor": 16. Denis Romanenko, 4. Abdumajid Toirov (3. Botir To'raboev, 76), 6. Leonid Koshelev (8. Azim Ahmedov, 69), 9. Ilhom Boydedaev, 10. Akramjon Bahriddinov, 13. Timur Sultonov, 20. G'ayrat Jo'raev, 22. Ro'zimboy Ahmedov, 26. Qahramon Mahamadjonov, 30. Sobir Hamidov (17. Sohib Abdullaev, 60), 32. Jahongir Mehmonov.

"Bunyodkor": 25.Murodjon Zuhurov, 4.Xayrulla Karimov, 6.Anvar G'ofurov (9. Igor Taran, 84), 7.Marko Blajich (14.Alibobo Rahmatullaev, 67), 8. Javlon Ibrohimov, 11.Oleksandr Pishur, 13.Lutfulla To'raev, 16. Artyom Filiposyan, 18. Fozil Musaev (5. Dilshod Jo'raev, 74), 19.Jasur Hasanov, 33.Oleg Zoteev.

Ogohlantirishlar: Denis Romanenko 25, Timur Sultonov 71 - Fozil Musaev 25, Anvar G'ofurov 82.

Nazoratchi: A.Arutyunov.

Narzulla SaydullayevMuallif