"Bunyodkor" Filip Raevac bilan shartnoma imzoladi

Tolibjon Qosimov
23 yanv 2018
Toshkentning “Bunyodkor” jamoasi o'z tarkibiga yangi futbolchi qo'shib oldi.

Ortda qolgan mavsumni “Qo'qon-1912” klubida o'tkazgan serbiyalik hujumchi Filip Raevac keyingi faoliyatini Toshkentning “Bunyodkor” jamoasi bilan bog'ladi.
Raevac kuni kecha tibbiy ko'rikdan muvaffaqiyatli o'tdi. Shundan so'ng, “Bunyodkor” FK va Filip Raevac o'rtasida shartnoma imzolandi.


"25 yoshli hujumchi “Bunyodkor” g'alabalariga o'zining munosib hissasini qo'shadi, degan umiddamiz.

“Bunyodkor” FK oilasiga xush kelibsan, Filip!", - deyiladi klub matbuot xizmati bergan xabarda.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: fcbunyodkor.com