"Bunyodkor" - "Dinamo" uchrashuvi jonli namoyish etiladi

Narzulla Saydullayev
31 iyul 2017
Bugun O'zbekiston kubogi yarim finali dastlabki uchrashuvi doirasidagi "Bunyodkor" - "Dinamo" o'yini bo'lib o'tadi.

Mazkur bahs soat 19:00da boshlanadi va SPORT telekanali orqali to'g'ridan-to'g'ri efirga uzatiladi. Uchrashuv Toshkentdagi "Bunyodkor" stadionida bo'lib o'tadi.

O'zbekiston kubogi-2017. 1/2 final
Dastlabki o'yin. 31 iyul (dushanba)
Bunyodkor (Toshkent) – Dinamo (Samarqand)
Hakamlar:
A. Asimov (Toshkent), A. Kalinin (Qarshi), R. Nugmanov (Toshkent), A. Risqullaev (Toshkent)
Nazoratchi: I. Nexochin (Namangan).



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia