“Bunyodkor” bugun Turkiyadagi so'nggi nazorat-sinov uchrashuvini o'tkazadi

Narzulla Saydullayev
23 iyul 2014, 18:01
Toshkentning “Bunyodkor” jamoasi bugun Turkiyadagi so'nggi nazorat uchrashuvida maydonga tushadi.
“Qaldirg'ochlar”ning Istanbuldagi bugungi raqiblari Batumining “Dinamo” klubi bo'ladi. Bu ikki jamoa bungacha ham o'zaro kuch sinashishgan va unda 1:0 hisobida gruziyaliklar g'alaba qozonishgandi.

“Bunyodkor” – “Dinamo” (Batumi, Gruziya) uchrashuvi bugun Toshkent vaqti bilan soat 20:00da boshlanadi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcbunyodkor.com