

Xabiringiz bor, kelayotgan seshanba kuni “qaldirg'ochlar” Osiyo Chempionlar ligasi 1-turi doirasida “Al-Nasr” jamoasi mehmoni bo'ladilar. Uchrashuvdan ikki kun oldin bunyodkorchilar Ar-Riyod shahriga yetib kelishdi va “Holiday” mehmonxonasiga joylashishdi.
Bugun mahalliy vaqt bilan 18:00da (Toshkentda 20:00 bo'ladi) “Bunyodkor” mashg'ulotini boshlaydi.



