“Bunyodkor” – “Al-Jazira” uchrashuvining boshlanish vaqti ma'lum

Tolibjon Qosimov
5 yanv 2015, 12:24
“Bunyodkor” va “Al-Jazira” jamoalari Osiyo Chempionlar ligasi “pley-off” bosqichi doirasida kuch sinashishidan xabardorsiz.
Guruh bosqichiga yo'llanma beruvchi, bir uchrashuvdan iborat “Bunyodkor” – “Al-Jazira” bahsi 17 fevral kuni Toshkentda “Bunyodkor” stadionida bo'lib o'tadi. Uchrashuv soat 17:00da boshlanadi.

“Bunyodkor” FK ushbu uchrashuvning boshlanish vaqtini OFKga ma'lum qildi. O'z navbatida qitamiz futbolining bosh tashkiloti “Bunyodkor” – “Al-Jazira” bahsining boshlanish vaqtini tasdiqladi.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: fcbunyodkor.com