"Bunyodkor" - "Al Jazira". O'yinoldi matbuot anjumani 12:30da boshlanadi

Narzulla Saydullayev
14 fev 2015, 17:02
16 fevral kuni "Bunyodkor" - "Al Jazira" o'rtasidagi o'yindan oldingi matbuot anjumani bo'lib o'tadi.
Soat 12:30da "Al Jazira" bosh murabbiyi va bir nafar futbolchi jurnalistlar savollariga javob beradi. 12:45da "Bunyodkor" ustozi Sergey Lushan hamda bir nafar futbolchi o'z fikrlarini bildirishadi. Bu haqda "Bunyodkor" klubi matbuot xizmati xabar berdi.

Eslatib o'tamiz, "Bunyodkor" - "Al Jazira" uchrashuvi 17 fevral kuni "Bunyodkor" stadionida bo'lib o'tadi. O'yin soat 17:00da boshlanadi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia