“Qaldirg'ochlar” Xitoydagi musobaqaning final uchrashuvi yakunlanishi bilanoq, yurtimizga parvoz etadigan reysga shoshilishgandi. Shu boisdan Shimoliy Koreyaning “Yusonyon” klubi mag'lubiyatga uchratilgan hal qiluvchi bahsdan keyin bunyodkorchilarga faqatgina oltin medallar va musobaqa kubogi topshirilgandi.
Turnir tashkilotchilari keyinchalik turli nominaciyalarda g'oliblarni aniqladilar. Unga ko'ra “Bunyodkor-2000” a'zolariga “feyr-pley” sovrini nasib etdi. Otabek G'ulomxo'jaev va Yorqin Nazarov juftligidagi murabbiylarimiz o'z hamkasblari ichida eng yaxshi deb topilib, maxsus sovringa ega chiqishdi.
Payshanba kuni “O'zbekiston–Koreya do'stlik jamiyati” vakillari yuqorida nomlari keltirilgan sovrinlarni “Bunyodkor-2000” murabbiylariga topshirishdi.