Bunu, Kukurelya, Vitinya, Palmer... KJCH ramziy terma jamoasi

Sherzod Nurmatov
15 iyul 2025, 12:58
SofaScore internet portali Klublar o'rtasidagi Jahon chempionatining ramziy terma jamoasini e'lon qildi.

Eng yuqori ballni Londonning "Chelsi" klubi yarim himoyachisi Koul Palmer (7,88) oldi.

Resursda e'lon qilingan ma'lumotlarga ko'ra, ramziy jamoa tarkibiga quyidagi futbolchilar kiritilgan:

Darvozabon: Yassin Bunu ("Al Hilol" - 7,84).

Himoyachilar: Mark Kukurelya ("Chelsi" - 7,45), Markinos (PSJ - 7,23), Kalidu Kulibali ("Al Hilol" - 7,58), Ashraf Hakimi (PSJ - 7,57).

Yarim himoyachilar: Vitinya (PSJ - 7,70), Ruben Nevesh ("Al Hilol" - 7,68), Joshua Kimmix ("Bavariya" - 7,80).

Hujumchilar: Pedru Netu ("Chelsi" - 7,63), Jon Aryas ("Fluminense" - 7,67), Koul Palmer ("Chelsi" - 7,88).

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: SofaScore