Buni ko'rish kerak! Finlyandiya tarixda ilk bor Yevropa chempionatiga chiqqanini qanday nishonladi?!

Tolibjon Qosimov
16 noya 2019, 13:12
Kecha Evro-2020 saralashi doirasida 9-tur uchrashuvlariga start berildi.

"J" guruhi doirasida Finlyandiya terma jamoasi o'z maydonida Lixtenshteynni qabul qildi va 3:0 hisobida g'alaba qozondi. Xelsinkidagi "Telia 5G-Arena"da o'tgan bellashuvdan keyin futbolchilar va muxlislar terma jamoaning o'z tarixida birinchi bor qita birinchiligiga chiqqanini katta bayram qilib nishonlashdi.

Teemu Pukkining dubli finlarga yordam berdi. >>> Pukki Finlyandiya terma jamoasida rekord o'rnatdi


Finlyandiya terma jamoasi sardori Paulus Arauri g'alabani ishqibozlar bilan birga nishonlash payti yig'idan o'zini tiyib tura olmadi.


Finlyandiya 21ta mundialni va 15ta Yevropa chempionatini o'tkazib yubordi va nihoyat qita birinchiligiga chiqdi.


Xelsinki ko'chalari yarim tunda bayramni nishonladi.


O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.asia