Bugungi o'yinlarni Zafar Imomxo'jaev va Davron Fayziev sharhlashadi

Narzulla Saydullayev
4 mar 2015, 11:37
Bugun yurtimizning ikki jamoasi OCHL-2015 2-tur doirasidagi uchrashuvlarda maydonga tushishadi.
Har ikkala jamoa o'yiniga futbol ishqibozlari befarq emaslar. Bizga ana sharhlovchilarning nomlari ma'lum bo'ldi.


Demak, bugun soat 15:00da “Lokomotiv” – “Fulad” uchrashuvi boshlanadi, bu uchrashuvni taniqli jurnalist Zafar Imomxo'jaev sharhlab boradi.



Kech soat 22:15da esa “Al-Ahli” – “Nasaf” uchrashuvi boshlanadi, bu uchrashuvni futbol ishqibozlarining yoqimtoyiga aylangan jurnalist Davron Fayziev sharhlaydi.

Har ikkala jamoaga mamlakatimiz futbol ishqibozlari nomidan faqat g'alaba qozonishlarini tilab qolamiz.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: voha.uz