Bugun terma jamoamiz "Paxtakor"da mashg'ulot o'tkazadi

Narzulla Saydullayev
30 avg 2015, 12:24
Samvel Babayan boshchiligidagi O'zbekiston milliy terma jamoasi bugun "Paxtakor" stadionida mashg'ulot o'tkazadi.

Bugungi mashg'ulotlar soat 19:00da boshlanadi. Legionerimiz soni ancha ko'payib qoldi. Bugungi mashg'ulotlarda Anzur Ismoilov, Aleksandr Geynrix, Fozil Musaev, Server Jeparov, Aziz Haydarov va Sardor Rashidov kabi xorijda o'ynaydigan futbolchilarimiz ishtirok etishadi.

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston - Yaman uchrashuvi 3 sentyabr kuni soat 19:00da "Paxtakor" stadionida boshlanadi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia