Bugun terma jamoa "Paxtakor"da mashg'ulot o'tkazadi
Narzulla Saydullayev
3 okt 2016, 13:37
Samvel Babayan boshchiligidagi O'zbekiston milliy terma jamoasi Eron va Xitoy bilan o'yinlarga tayyorgarlikni davom ettirmoqda.
"O'zbekiston terma jamoasi bugun 17:00 da "Paxtakor" stadionida mashg'ulot o'tkazadi. OAV vakillari uchun mashg'ulotning boshidagi 15 daqiqa ochiq", - deb yoziladi O'FFning telegramdagi rasmiy kanalida.