Bugun "Qizilqum" ustozi Shevchenkoning rekordini takrorlaydimi?

Khoja
13 sen 2025
Bugun Superliganing 21-turidan o'rin olgan "Qo'qon-1912" - "Qizilqum" uchrashuvi bo'lib o'tadi.

Ayni paytda "Qizilqum" klubining Superligadagi mag'lubiyatsiz seriyasi 9 ta o'yinga etgan. 

2000-yildan beri Superligada o'ynab kelayotgan "Qizilqum" tarixidagi eng uzun mag'lubiyatsiz seriya 2002 yilda qayd etilgan - 10 ta o'yin. O'sha yil jamoani ukrainalik murabbiy Sergey Shevchenko boshqargan edi. 

Agar bugun Navoiy klubi yutqazmasa, Akmal Rustamov Shevchenkoning rekordini takrorlaydi.


KhojaMuallif
Manba: championat.asia