Bugun O'zbekiston terma jamoasi Hindistonga qarshi muhim uchrashuvda maydonga tushadi

Khoja
18 yanv 2024, 07:21
Bugun Qatarda davom etayotgan Osiyo kubogining 2-tur bahslari davom ettiradi.

O'zbekiston milliy terma jamoasi ikkinchi turda Hindistonga qarshi maydonga tushadi. Uchrashuv soat 19:30da start oladi. 

Eslatib o'tamiz terma jamoamiz birinchi turda Suriya bilan durang o'ynagandi. Hindiston esa Avstraliyaga mag'lub bo'lgan.

Osiyo Kubogi-2023 | 2-tur
18.01.2024 | 19:30 (Toshkent vaqti)
HINDISTON – O'ZBEKISTON
“Ahmad bin Ali” stadioni, Doha
Bosh hakam:
Fu Ming (Xitoy)
Qanot hakamlari: Jou Fey, Jang Cheng (ikkalasi Xitoy)
Zaxira hakami: Ahmad Muhammad (Iordaniya)
VAR: Omar Muhammad Ahmad (BAA)
AVAR: Araki Yusuke (Yaponiya)

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: championat.asia