Bugun OCHL va OFK Kubogi guruh bosqichiga qur'a tashlanadi

Eldor Akmurzayev
17 yanv 2022
Bugun Osiyo Chempionlar ligasining guruh bosqichiga qur'a tashlanadi.

Marosim Toshkent vaqti bilan soat 11:00 da Kuala Lumpurdagi OFK qarorgohida onlayn tarzda o'tkaziladi.

Shuningdek, bugun OFK kubogining guruh bosqichiga ham qur'a tashlash rejalashtirilgan. Mazkur marosim soat 13:00 da start oladi.

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston Superligasining amaldagi g'olibi “Paxtakor” to'g'ridan-to'g'ri guruh bosqichida qatnashadi. “Nasaf” esa 15 mart kuni pley-offda “Baniyas”ga qarshi o'ynaydi. Ma'lumot uchun, "Nasaf" OCHL guruh bosqichiga chiqa olsa Jizzaxning "So'g'diyona" klubi OFK kubogi guruh bosqichida qatnashadi. Agar "ajdarlar" "Baniyas" to'sig'idan o'ta olishmasa Qarshi klubining o'zi OFK kubogida ishtirok etadi.

Qur'ani quyidagi havolalar orqali jonli efirda tomosha qilishingiz mumkin:

Osiyo chempionlar ligasi

OFK Kubogi


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: ЎФА матбуот хизмати