

Unda 4 dekabr kuni ilk o'tish o'yinida mag'lub bo'lgan jamoalar - Metallurg va Olimpik o'zaro bahs olib boradi. Uchrashuv g'olibi kelasi mavsum Superligadagi joyini saqlab qolsa, mag'lub jamoa Pro ligaga tushib ketadi. Bahs 15:00 da Bunyodkor stadionida bo'lib o'tadi.
"Bunyodkor" stadioni, 15:00
"Olimpik" - "Metallurg"
Bosh hakam: Ahrol Risqullaev
Yordamchi hakamlar: Husniddin Shodmonov, Alisher Usmonov
To'rtinchi hakam: Sardor Mirodilov
VAR: Nayim Qosimov
AVAR: Sanjar Shoyusupov
Nazoratchi: Marat Ismoilov



