Bugun Lokomotiv Dukentdan qaytadi

Xabaringiz bor, “Lokomotiv” Dukent shahrida qisqa muddatli o'quv-yig'inini o'tkazdi.
15-20 aprel kunlari davomida bo'lib o'tgan yig'in nihoyasiga etdi va bugun “temir yo'lchilar” Toshkentga qaytishadi.

Yig'in davomida jamoa bitta o'rtoqlik uchrashvi o'tkazdi.  “Lokomotiv” BFKga qarshi o'tkazilgan bu nazorat uchrashuvida  Vadim Abramov shogirdlari, yirik – 6:2 hisobida g'alaba qozondi.

Endi mashg'ulotlar poytaxtda davom ettiriladi.

Manba: lokomotiv.uz