

Hal qiluvchi bahsda Toshkentning "Ardus" va Olmaliqning "Olmaliq" jamoalari o'zaro g'oliblik uchun bellashadilar.
"Ardus" yarim finalda "Metallurg"ni 5:1 hisobida taslim etgan bo'lsa, "Olmaliq" "Do'stlik-AIN"ni kichik hisob (2:1)da engib finalga chiqdi.
Bu jamoalar ketma-ket uchinchi yil kubok finalida o'zaro to'qnash keladilar. Oldingi ikki yilda g'oliblik "Ardus"ga nasib etgan.
Bugungi final qarama-qarshiligi 18:00da "O'zbekiston" sport majmuasida start oladi. Uchrashuv Sport telekanali orqali to'g'ridan-to'g'ri efirga uzatiladi.
Barcha muxlislarni "O'zbekiston" sport majmuasiga taklif etib qolamiz. Arenaga kirish bepul.



