Bugun futbol. "Metallurg" - "Lokomotiv"

Xayrulla Xoliqov
12 may 2019, 14:06
Bugun Superliganing 8-turidan o'rin olgan "Metallurg" - "Lokomotiv" uchrashuvi bo'lib o'tadi.

Bekobodda kechadigan bahs soat 19:40da boshlanadi. Quyida ushbu o'yinga doir bazi ma'lumotlarni keltirib o'tamiz. 

"Metallurg"

- "Metallurg" turnir jadvalida 10 ochko bilan 6-o'rinda boryapti. Jamoa 7ta o'yindan uchtasida g'olib chiqib, uch bor mag'lubiyatga uchragan. Bir marta durang qayd etgan. To'plar nisbati 13-9. 

- "Metallurg" har uchala g'alabasini uydagi o'yinlarda qo'lga kiritgan. Bu jamoa o'z maydonida "Buxoro" (2:0), "Qizilqum" (4:1) va "Qo'qon-1912"ni (3:1) mag'lub etgan. 

- "Metallurg" o'z maydonida raqiblar darvozasiga 9ta gol urib, o'z darvozasidan ikki bor to'p olib chiqqan. 

- O'z maydonida ochko to'plash bo'yicha "Metallurg" 4-o'rinda boryapti. 

- "Metallurg" shu paytgacha "Loko"ga qarshi 30 bor maydonga tushib, shundan 4tasida g'alaba qozongan. 

"Lokomotiv"

- "Lokomotiv" 16 ochko bilan musobaqa jadvalida ikkinchi o'rinni egallab turibdi. Jamoa beshta o'yinda g'alaba qozonib, bir martadan durang va mag'lubiyat qayd etgan. Umumiy to'plar nisbati 15-7. 

- Mehmonda ochko jamg'arish bo'yicha "Lokomotiv" 8-o'rinni egallab turibdi. Jamoa hisobida bir g'alaba va bir mag'lubiyat bor. Safar o'yinlarida "Loko"ning to'plar nisbati 3-3. 

- "Lokomotiv" o'tgan turda "Qo'qon-1912" bilan durang qayd etgunga qadar ketma-ket 5ta uchrashuvda g'alaba qozondi. Bu Superliga jamoalari orasida eng uzoq g'alabali seriya bo'lib turibdi.

- "Lokomotiv" "Metallurg"ga qarshi 30ta o'yindan 18tasida zafar quchgan. 

Oxirgi 5 o'yin 

2018 yil. Ikkinchi bosqich. "Metallurg" - "Lokomotiv" 0:1 

2018 yil. Birinchi bosqich. "Metallurg" - "Lokomotiv" 2:0 

2017 yil. "Metallurg" - "Lokomotiv" 1:2 

2016 yil. "Metallurg" - "Lokomotiv" 3:3 

2015 yil. "Metallurg" - "Lokomotiv" 0:0 

Bekobodda kechgan oxirgi beshta o'yinning ikkitasida "Lokomotiv" g'alabaga erishgan. Bir marta maydon egalari zafar quchib, yana ikkita uchrashuv durang bilan yakun topgan. Oxirgi beshta o'yinda to'plar nisbati 6-6. Oxirgi uchrashuvda "Loko" 1:0 hisobida g'alaba bilan qaytgan.

O'xshash yangiliklar


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: championat.asia