

Qur'ada 15ta g'olib jamoa o'z raqiblarini bilib oladi. "RB Zalcburg" va "Ayntraxt" jamoalari o'rtasidagi o'yin kuchli bo'ron tufayli qoldirilgan edi va bahs bugun bo'lib o'tadi.
Takidlash kerakki, bundan buyog'iga bir mamlakatning ikki jamoasi bir-biriga to'qnash kelishi mumkin. Qur'a Toshkent vaqti bilan soat 17:00da boshlanadi.
Ishtirokchilar:
Bayer (Germaniya)
Bazel (Shveytsariya)
Volfsburg (Germaniya)
Vulverxempton (Angliya)
Istanbul (Turciya)
Inter (Italiya)
Kopengagen (Daniya)
LASK (Avstriya)
Manchester Yunayted (Angliya)
Olimpiakos (Gretsiya)
Reynjers (Shotlandiya)
Roma (Italiya)
Sevilya (Ispaniya)
Xetafe (Ispaniya)
Shaxtyor (Ukraina)
Ayntraxt (Germaniya) / Red Bull Zalcburg (Avstriya)
1/8 finalning ilk o'yinlari 12 martda, javob o'yinlari esa 19 martda bo'lib o'tadi.
1/4 va 1/2 finallarning qur'asi esa 20 martda bo'lib o'tadi.



