Bugun Braziliyani sardor sifatida kim maydonga boshlab tushishi ma'lum bo'ldi

Aziz Tukhtamuradov
17 iyun 2018, 09:06
Bugun JCH-2018 g'olibligi uchun asosiy da'vogarlardan biri hisoblangan Braziliya terma jamoasi mundialdagi ishtirokini boshlaydi.

Pentakampeonlar guruh bosqichining ilk uchrashuvini Shveytsariya terma jamoasiga qarshi o'tkazishadi. Ushbu o'yin Rostov-na-Donu shahridagi “Rostov Arena” stadionida Toshkent vaqti bilan soat 23:00da boshlanadi.

Madridning “Real” klubi himoyachisi Marselo bugungi o'yinda Braziliya terma jamoasini maydonga sardor sifatida boshlab tushadi. Guruhning ikkinchi o'yini Kosta-Rika va Serbiya terma jamoalari o'rtasida bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif