

Ko'hna qitaning eng kuchli 24ta terma jamoasi Yevropa kubogi uchun kurash olib borishadi. Dunyo yulduzlari ishtirokidagi keskin, kurashlarga boy 51ta uchrashuvi sizu- bizni kutib turibdi. O'zbekiston hududida musobaqani namoyish etish huquqini UzReport telekanali sotib olgan. Barcha o'yinlar aynan mana shu kanal orqali translyatsiya qilinadi.
Bugun 10 iyun kuni Toshkent vaqti bilan 23:55da Fransiya - Ruminiya uchrashuvi bilan Evro-2016 rasman start oladi.
Saytimiz ushbu musobaqani imkon qadar keng yoritib borishga harakat qiladi. Barcha o'yinlardan onlayn matnli translyatsiyalar, fotogalereyalar, videolar, murabbiy va futbolchilarning fikrlari, o'yin atrofidagi voqealar, statistikalar, barcha-barchasi championat.asia sahifalaridan o'rin oladi. Demak 30 kun davomida saytimizdan uzoqlashish maslahat berilmaydi.




