Bugun 22:15. "Al Jaish" - "Bunyodkor"

Narzulla Saydullayev
23 apr 2014, 07:16
Bugun Osiyo Chempionlar ligasi 6-tur o'yinlari bo'lib o'tadi.
O'zbekiston chempioni va kubogi sohibi Toshkentning "Bunyodkor" klubi safarda Qatarning "Al Jaish" klubiga qarshi maydonga tushadi.

Toshkent vaqti bilan soat 22:15da "Al Jaish" - "Bunyodkor" o'rtasidagi bahs boshlanadi.

Saytimiz orqali uchrashuvning matnli onlayn translyatsiyasini olib boramiz.

Eslatib o'tamiz, "Bunyodkor" keyingi bosqichga chiqishi uchun istalgan hisobdagi g'alaba qoniqtiradi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia