Bugun 19:00. O'zbekiston - Qirg'iziston

Narzulla Saydullayev
12 fev 2016, 01:00
Futzal bo'yicha Osiyo chempionatining 2-turida O'zbekiston terma jamoasi Qirg'izistonga qarshi o'ynaydi.

12 fevral kuni soat 19:00da Xose Mariya Mendez boshchiligidagi O'zbekiston terma jamoasi Qirg'iziston bilan bahs yuritadi. Dastlabki turda vakillarimiz Saudiya Arabistonini 5:2 hisobida mag'lub etishdi. Qirg'iziston esa ilk turda Livan bilan durang o'ynadi - 4:4. Guruhdagi yana bir bahs Livan va Saudiya Arabistoni o'rtasida bo'lib o'tadi. Bu uchrashuv soat 16:30da boshlanadi.

Barcha muxlislarni "O'zbekiston" sport majmuasiga taklif etib qolamiz. 


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia