Buffon: "Mbappe meni bobosidek qabul qilishi normal holat"

Aslanov Jasurbek
12 fev 2019, 11:58
PSJ darvozaboni Janluiji Buffon uni bobo deb tug'ilgan kuni bilan tabriklagan Kilian Mbappe so'zlariga izoh berdi.

"20 yoshli Kilian meni bobosidek qabul qilishi normal holat. Bu xatto yoqimli.

Faoliyatim davomida ko'p narsalarni ko'rganman. Avvaliga surbet o'smir bo'lganman va kattalar meni qabul qilishiga uringanman. Keyin yosh futbolchiga aylandim, hozir esa tajribali insonman. Kilian bilan hazillashsak, yoshimiz tengga o'xshaydi" - deydi Buffon.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: CNN