Buffon JCHga chiqish hal bo'ladigan o'yin oldidan italiyalik tiffozilardan bir narsani so'radi

Tolibjon Qosimov
13 noya 2017, 20:59
Bugun tunda, Toshkent vaqti bilan 00:45da boshlanadigan o'yinda Italiya va Shvetsiya terma jamoalari o'zaro bellashadilar.

Rossiyada o'tadigan mundial chiptasi o'rtaga qo'yilgan uchrashuvdan oldin "moviy gvardiyachilar" posboni Janluiji Buffon italiyalik tiffozilardan bir narsani so'radi.


"Umid qilaman, muxlislar boshidan bizga salbiy ta’sir ko'rsatmagan holda yordam berishadi. Stadionda "Yuventus", "Inter" yoki "Milan" ishqibozlari bo'lmasligiga ishonishni xohlayman. Faqat Italiya terma jamoasi muxlislari. Men stadionda klub atributkalarisiz kelganlarni ko'rishni xohlayman", - dedi Buffon.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Daily Mail